Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko 28 mart kuni davlat bayroqlarini tuşirib qöyiş va mamlakatda köngiloçar körsatuvlarni efirga uzatmaslik haqida topşiriq berdi. Bu haqda Rosbalt xabar beryapti.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, bunday qaror «Kemerovodagi fojia tufayli 28 mart kuni umummilliy motam e'lon qilingan Rossiya bilan birdamlik tariqasida» qabul qilindi.

«Respublika va mintaqaviy OAV efirida köngiloçar dasturlar translyatsiyasi bekor qilinmoqda. Bundan taşqari, bunday tadbirlarni, jumladan odamlar gavjum böladigan yerlarda ötkazişdan tiyiliş tavsiya etiladi», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, Kemerovodagi "Zimnyaya vişnya" tört qavatli savdo markazidagi yonğin 25 mart kuni röy berdi. Sönggi ma'lumotlarga köra, fojia oqibatida 64 kişi halok bölgan.

Bugun Kemerovoda yonğin oqibatida halok bölganlarning dafn marosimlari bölib ötmoqda, ular şahardagi törtta qabristonda dafn qilinadi. 

Yonğin böyiça iş yuzasidan beş gumonlanuvçi qölga olindi. Ular orasida qöriqlaş xizmati xodimi ham bor, u, tergov ma'lumotlariga köra, yonğin haqida signal kelib tuşganida tizimni öçirib qöygan.