Misr hukumati mamlakat prezidenti saylovlarida ovoz bergani kelmaydigan fuqarolarga jarima soladi. Bu haqda yuqori lavozimli mansabdor şaxsga iqtibos keltirgan holda MeNA axborot agentligi ma'lum qildi.
“Qonunga köra, prezident saylovlarida ovoz berişdan boş tortuvçi har bir saylovçiga 500 Misr funti (30 dollar) miqdorida jarima solinişi mumkin”, deb ma'lum qilgan manba.
Uning ta'kidlaşiça, gap saylovçilar röyxatiga kiritilgan va saylov uçastkasiga uzrli sababsiz kelmagan saylovçilar haqida bormoqda.
Misrda 26 martda 3 kun ötuvçi prezident saylovlari boşlandi. Saylovçilar röyxatiga mamlakatning 60 mln fuqarosi kiritilgan. Misrda 13 mingtadan köproq saylov komissiyalari faoliyat yuritmoqda. Saylovlar 28 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00da tugaydi.
Misr prezidenti lavozimiga 2 nomzod: amaldagi prezident Abdul Fattoh as-Sisiy hamda “Al-Gad” partiyasi yetakçisi Muso Mustafo Muso da'vogarlik qilmoqda.
Saylovlar natijalari 2 aprelda ma'lum qilinişi kutilmoqda.












