Amerika Qöşma Ştatlari 294 mlrd dollarga teng qarzni sotişni rejalaştirmoqda. Aniqroq aytganda, Ğaznaçilik departamentiga köra, şunça miqdorda qarz olinadi. Bu esa, 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan sönggi davr mobaynidagi eng köp haftalik qarz olişdir.
Prezident Tramp soliqlarni kamaytirgani ortidan federal tuşumlar qisqarib bormoqda. Şunga binoan hukumat öz majburiyatlarini bajariş uçun qarz olişdan boşqa çora topa olmayapti. Qayd örinliki, Vaşingtonning qarz qiymati oxirgi oylarda tezlik bilan ösib bormoqda, deb yozadi CNN telekanali.
"Bu hafta bozorga çiqariladigan qarz miqdori juda katta", deydi BlackRock boş sarmoyaviy eksperti Rick Rieder.
AQŞ hukumati barça qisqa va uzoq muddatli qarzlarni qisqa muddatda savdoga qöymoqda. Ötgan hafta prezident Tramp Xitoyga qarşi “savdo uruşi”ni e'lon qilib, bojlarni kötarişga qaror qilgan edi. Xitoy tomoni bunga javoban “savdo uruşi”da oxirigaça kuraşajagini bildirgandi.
Ayni vaqtda aynan Xitoy AQŞning yirik qarz beruvçisi hissoblanadi. U Amerikaning 1.17 trln dollar milliy obligatsiyalariga ega. Pekin ma'muriyati 2017 yil dekabr va 2018 yil yanvar oyida bu miqdorni 1,4 foizga kamaytirgan edi.












