Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbek Tigers delegatsiyasi yuklari Kolumbiyada yo‘qolib qoldi
WSB yo‘nalishida musoabaqada ishtirok etayotgan Uzbek Tigers jamoasining Kolumbiyaga safari sarguzashtlarga boy bo‘lgan. Jamoa Janubiy Amerika davlatiga yetib borgan zahoti muammolarga duch kelgan.
KUN.UZ manbasining ma'lum qilishicha, Kolumbiya aeroportida jamoaning sport inventarlari ortilgan yuklar noma'lum sabablar bilan yo‘qolib qolgan. Kolumbiyalik tashkilotchilar ham bu borada yordam bera olishmagan.
Natijada jamoa vakillari boshqa liboslarda, janglarga esa odatiy krossovkalarda chiqishga majbur bo‘lgan. Jamoaning -64 kg vazn toifasida ringga chiquvchi bokschi Iqboljon Xoldorovning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qilishicha, jamoa yuklari O‘zbekistonga qaytishda yana delegatsiya ixtiyoriga yetkazilgan.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026