AQŞ davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Noyyert Afğoniston masalasi böyiça Toşkent konferensiyasiga izoh berib ötdi. AQŞ elçixonasining Facebook'dagi sahifasi orqali şu mazmundagi video taqdim etildi. Unda Noyyert xonim matbuot brifingini AQŞ davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Tomas Şennonning Özbekistonga taşrifi töğrisidagi bayonotdan boşlaganini köriş mumkin. 

"Şennon Toşkentda bölib ötgan Afğoniston masalasi böyiça "Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik" mavzuidagi xalqaro konferensiyada AQŞ delegatsiyasiga boşçilik qildi. Anjumanda 27 davlat va xalqaro taşkilot vakillari qatnaşişdi. Ular Afğoniston rahbariyatiga tinçlik jarayoni yölida hamfikr ekanliklarini namoyiş etişdi. 

28 fevral kuni bölib ötgan "Kobul jarayoni" konferensiyasiga asoslanib, barça delegatsiyalar vakillari Afğoniston prezidenti Aşraf Ğanining mamlakatdagi mojaroni tinç muzokaralar yöli bilan tartibga soliş va yaraşiş jarayoniga qöşilişga doir taklifini ma'qullaşdi. 

Jahon hamjamiyati "Tolibon" özining zöravonlik harakatlarini töxtatiş uçun mas'ul, degan fikrni birdek yoqlaydi hamda Afğonistonning saylangan hukumati bilan tinçlikni muhokama qilişga tayyorlikni namoyon etişga çaqiradi. Konferentsiya yakunida iştirokçilar Toşkent deklaratsiyasini qabul qilişdi. AQŞ davlat kotibi örinbosari Tomas Şennon Özbekiston prezidenti va taşqi işlar vaziri bilan samarali uçraşuvlar ötkazdi. Bu muloqotlar mehmondöstlik va samimiylik ruhida ötdi.  

Şuningdek Şennon Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani va boşqa qator delegatsiyalar vakillari bilan muzokaralar ötkazdi. AQŞ tinçlikka erişiş yölida Afğoniston hukumatini qöllab-quvvatlaydi va Markaziy Osiyodagi qöşni mamlakatlar rahbarlarining bu boradagi sa'y-harakatlarini yuksak baholaydi", - dedi Noyyert.