Amerikaning Facebook kompaniyasi öz foydalanuvçilariga konfidetsiallikni nazorat qiliş böyiça yangi vositalarni taqdim etadi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi. 

Unga köra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarga bir neça tugma yordamida öz ma'lumotlarini boşqariş imkonini beruvçi yangi punktni qöşmoqçi. 

"Bu siz atigi bir neça klaviş yordamida öz ma'lumotlaringizni boşqariş imkonini beruvçi, bizning boşqaruv elementlarimiz qanday işlayotganiga doir izohlarni özida mujassam qilgan menyu", - deyiladi kompaniyada. 

Bundan taşqari, foydalanuvçilar öz hisob yozuvlariga qöşimça himoya funksiyalari, ikki omilli autentifikatsiyani qöşişlari mumkin.

Kuni keça Facebook asosçisi va rahbari Mark Tsukerberg ijtimoiy tarmoqning 50 million foydalanuvçisi ma'lumotlari tarqalgani uçun uzr söragan edi. Mart oyi örtlarida The New York Times gazetasi Cambridge Analytica 2016 yildagi AQŞ prezidenti saylovlarida Donald Trampning saylov oldi kampaniyasi uçun Facebook foydalanuvçilarining şaxsiy ma'lumotlaridan noqonuniy foydalangani haqida xabar bergan edi.