Soliq tizimini isloh qiliş konsepsiyasi loyihasida yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliğini bekor qiliş va faqat mulkdorlarga dividendlar tarzida tölanadigan foydaning bir qismiga soliq soliş taklif etilmoqda, deb yozmoqda Norma.
Foyda soliği (14%) va dividend soliği (10%) örniga faqat 25%lik stavkadagi dividend soliği joriy etiladi.
Bugungi kunda umumbelgilangan soliqlarni tölovçilar va tölov manbaida soliq solinadigan daromadlar qismida soliq solişning soddalaştirilgan tizimini qöllovçilar foyda soliğini tölaydilar.
Quyidagilarga foyda soliği solinadi:
• foyda, ya'ni jami daromad bilan çegiriladigan xarajatlar örtasidagi farq;
• tölov manbaida soliq solinadigan daromadlar.
Demak, foyda soliğidan taşqari, dividendlarni tölaş çoğida 10%lik stavkada dividend soliği ham tölanar ekan.
Quyidagi islohot amalga oşiriladi:
• bugungi kunda eng murakkablaridan biri hisoblangan soliq bekor qilinadi;
• soliq ma'muriyatçiligi soddalaştiriladi;
• dividendlar hisobiga xodimlarga xufiya tölovlar sxemalari naf keltirmaydigan qilib qöyiladi;
• mulkdorlarning biznesni kengaytirişi yoki yangisini oçişi rağbatlantiriladi.
Foyda investitsiyalarga sarflansa, unga soliq solinmaydi.
Foyda soliğining bekor qilinişi banklar va suğurta taşkilotlariga daxl etmaydi. Norezidentlar uçun ham soliq solişning alohida tartibi taklif etilmoqda.












