Farğona viloyatida Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov rahbarligida ötkazilgan yiğilişda taşkiliy masala körildi. Özbekiston musulmonlari idorasining Farğona viloyati vakili, viloyat boş imom-xatibi Tursuntohir Erbötayev öz xohişiga köra egallab turgan uşbu lavozimidan ozod etilib, Farğona şahri “Ummul Quro” jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Farğona viloyati Marğilon şahri boş imom-xatibi Abdullayev Ubaydullo Özbekiston musulmonlari idorasining Farğona viloyati vakili vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.











