Yaqin orada soliq sohasida inqilobga poydevor qöyilişi kutilmoqda. Xalqaro Press-klub rahbari Şerzodxon Qudratxöjayev 2018-2020 yillarga möljalllangan soliq islohoti konsepsiyasining oçiq muhokamasida şunday fikrlarni bildirdi.

“Bugun soliq sohasida inqilobga poydevor qöyilişi kutilmoqda. Bugungi biznes qanday bölsa, ertangi mamlakat şunday böladi. Özbekistonda turmuşimizning barça sohalarini yaxşilaş borasida tizimli islohotlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Mamlakatni modernizatsiya qilişning asosiy yönalişlaridan biri esa, iqtisodiy sohani, birinçi galda soliq tizimini isloh qilişdan iborat”, - dedi XPK rahbari Şerzodxon Qudratxöjayev. 

Uning fikriça, özgarişlar davrida Özbekiston soliq tizimi islohoti mamlakatda biznes yuritiş uçun qulay şaroit yaratiş barobarida davlat byudjyetini töldiriş vazifasini ham uddalaşi kerak. 

“Tuşunarli, şaffof va yengil soliq stavkalari kiçik va örta tadbirkorlik sub'yektlari uçun biznes yuritişni yengillaştiradi. Bu, öz navbatida yangi biznes loyihalarga turtki berişi, soliq yiğimlarini osonlaştiriş kerak”, - dedi Ş.Qudratxöjayev “Özekspo” MKKda bölib ötgan Soliq konsepsiyasi muhokamasida.