Xabaringiz bor, Kun.uz sayti joriy yil 11 mart kuni «Andijonça fonogramma. Nogironlarga uy berib, qaytarib oliş tomoşasi» sarlavhasi ostida jurnalistik suriştiruv e'lon qilgandi. Unda Prezident Ş.Mirziyovning mehnatga layoqati çeklangan, nogironligi bölgan, uy-joyga muhtoj yurtdoşlarimizga boşlanğiç badallari tölab berilgan uy-joy va sovğalar beriş töğrisidagi körsatmasi doirasida Andijon viloyatining Buloqboşi tumanida taqdirlangan 5 nafar yurtdoşimizning muammosi örganilgan edi.
Jurnalistik suriştiruvda nogironligii bölgan 5 nafar buloqboşilik yurtdoşlarimizga boşqa birovlarning uy-joylari berilgani, biroq keyinçalik ular yana öz uylariga qaytarilgani haqida hikoya qilingan edi.

Maqola e'lon qilingandan söng Andijon viloyat hokimligi tomonidan mazkur muammo zudlik bilan örganilib, ijobiy yeçim topganligi Kun.uz’ga ma'lum böldi.
Ijodiy guruhimiz bunga işonç hosil qiliş uçun yana Andijon viloyatiga yöl oldi. Bizni viloyatning Buloqboşi tumanida mutasaddilar kutib olişdi.
Şundan söng nogironligi bölgan 5 nafar yurtdoşlarimizning berilgan yangi uy-joy manzili sari yölga otlandik. Ijodiy guruhimizga Andijon viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosari Manzura Yunusova, Buloqboşi tumani hokimi Ötkir Ma'murov, tuman hokimining quriliş işlari böyiça muovini Farhod Normatov, tumanning xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosari Iroda Sotvoldiyeva va boşqa ma'sul xodimlar hamrohlik qilişdi. Manzilda köngli yarim yurtdoşlarimiz bilan suhbatlaşdik, yangi uy joylarining hujjatlari bilan tanişib çiqdik.

Ha, muammo keça bölsa-da, öz yeçimini topibdi. 5 nafar nogironligi bor yurtdoşlarimizning uyi va qalbi quvonçga töldi. Biz öşa kuni mazkur muammoning kelib çiqişi sabablari bilan qiziqdik.
Ma'lum bölişiça, Buloqboşi tuman hokimining ayni masalalarga mas'ul bölgan muovinlarining berilgan topşiriqqa beparvoligi, sovuqqonligi va ma'suliyatsizligi sabab nogironligi bölgan fuqarolar uçun ajratilgan uylar öz vaqtida qurib bitkazilmagan. Şundan söng boşqa birovlarning uylariga vaqtinça kiritib turişga kelişib olişgan. Ahamiyatli jihati yuzaga kelgan muammo xaqida viloyat hokimligiga xabar berilmagan.












