Kemerovo şahridagi “Zimnyaya vişnya” savdo-köngiloçar markazidagi kiyim-keçak va poyabzal sotiş böyiça dökonda işlagan beş nafar tojikistonlik erkak 50dan ortiq insonni qutqarib qoldi.

Köplab OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Kemerovo şahridagi “Zimnyaya vişnya” savdo markazida yuz bergan yonğin vaqtida Tojikiston fuqarolari odamlarni qutqargani haqida xabar berildi. Ular öz dökonidagi zaxira eşigi orqali odamlarni köçaga olib çiqişgan.

Asli Duşanbedan bölgan, uşbu voqeada iştirok etgan Farzon Salimovning aytişiça, u va hamyurtlari odamlarni qutqarib, öz burçini bajargan.

"Odamlar vahimada edi, tiqilinç yuz berdi – hamma binoni tezroq tark etişga harakat qilardi. Eskalator yonida keksa yoşlilar, ayollar va bolalar yiğilib qoldi, ular tutun tufayli köçaga qanday çiqib ketişni bila olişmayotgandi. Ba'zilar böğila boşladi. Biz hammani zaxira çiqiş eşigi orqali olib çiqib ketdik”, - deydi Farzon.

Keyinçalik u öz hamyurti Mahmud Xöjayev bilan savdo markazining boşqa bir qismida tösilib qolgan odamlarga binoni tark etişda kömak körsatgan. “Biz lift yonida turgan odamlarga köçaga çiqib olişda yordam körsatdik. U yerda ikki kişi hattoki nogironlik aravaçasida edi... Men şuni ta'kidlab ötmoqçimanki, biz bu odamlarni qutqarib, özimizning insoniy burçimizni bajardik”.

Qayd etilişiça, Farzon Salimov Rossiyada 2003 yildan beri yaşaydi. U bu yerda OTMni tamomlab, Rossiya fuqaroligini oldi. Ayni damda öz oilasi bilan Kemerovo şahrida istiqomat qiladi. “Zimnyaya vişnya” savdo markazidagi kiyim-keçak va poyabzal sotiş böyiça dökonda Farzon bilan birga Tojikistonning yana tört fuqarosi işlagan.

Sönggi ma'lumotlarga köra, yonğin oqibatida 64 kişi halok böldi.