Yevropa politsiyasi vakillari Yevropa Ittifoqining politsiya xizmati beş yil davomida banklarni tunab kelgan xalqaro xakerlar guruhi yetakçisini qölga olganini e'lon qildi. Bu haqda Engadget portali xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, jinoyatçini qölga oliş böyiça operatsiya Ispaniya, Ruminiya, Belarus Tayvan va AQŞ kuç tuzilmalarining özaro harakatlari evaziga mumkin böldi. Jinoyatçi Ispaniyaning Alikante şahrida qölga olingan.
Jinoiy guruh 2013 yildan beri harakat qilib, 40 ta davlatdagi 100 dan köproq moliyaviy taşkilotni 1,2 mlrd dollarga tunagan.
Kiberjinoyatçilar bank xodimlariga virus saqlangan fayllar biriktirilgan xatlarni jönatişgan. Fayl oçilganda, xakerlar qurilma ustidan nazoratni qölga kiritib, bank işiga ta'sir qila olgan.
Guruh pul ötkazmalarini qölga kiritgan, ba'zi hollarda esa şunday qilganki, bankomat muayyan summani belgilangan vaqtda çiqargan va jinoyatçilar bu pullarni olib keta olgan. Öğirlangan pullar kriptovalyutalar yordamida yuvilgan.











