«KUN.UZ»ga qilingan murojaatlarning navbatdagisi Namangan şahrining çekka hududidagi köçalardan biridan yöllandi.

Suratlarda körib turganingizdek, «Madaniy maorif» mahalla fuqarolar yiğinida joylaşgan «Boğ» (Sobiq Soli Adaşev) köçasi har gal yoğin-soçin kunlarda mana şunday abgor ahvolga kelib qoladi. «Imi-jimida» qilingan ta'mirlaş işlari natijasi ölaroq bu yerdan ötgan har qanday kişining ta'bi xira bölayotgani, köngli ranjiyotganini ularning yuz-közidan anglab oliş qiyin emas.

Muammo şundaki, yer ostidan ötgan irrigatsiya tizimlari ança eskirib, yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Bir neça bor şağal yotqizilib, tekislanganiga qaramay yoqqan yomğirga yer qa'ridan çiqqan suv qöşilib, kattagina kölmak hosil böladi. Piyodalar bu vaqtda ming maşaqqat bilan köçadan ötib olişadi.

Viloyat «Suvoqova» korxonasi mutasaddilari bu yerga kelib, biror amaliy iş qiliş borasida aholi bilan uçraşmagan.

Aslida bu köpçilikka bir qaraşda mayda muammodek tuyulişi mumkin. Biroq muammoning katta-kiçigi bölmaydi. Kiçik jarohatni öz vaqtida tuzatmasangiz, u yaraga aylanişi muqarrar. Açinarlisi şundaki, bu muammo haqida xabardor etganimizga qaramay Namangan şahar hokimligi mutasaddilari, Namangan şahar obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan hanuzgaça amaliy işga kirişilganiça yöq.

«KUN.UZ» tahririyati Namangan şahar hokimligi, şahar obodonlaştiriş boşqarmasi hamda Namangan şahar IIB mas'ulligidagi sektor mutasaddilaridan bu muammoni ijobiy hal etiş borasida amaliy harakatlarni kutib qoladi.