Buyuk Britaniyaning Solsberisidagi voqea oqibatida jabrlangan, Rossiya fuqarosi, GRUning (Rossiya Boş razvedka boşqarmasi) sobiq polkovnigi Sergey Skripalning qizi Yuliya Skripal “tez soğaymoqda” va uning ahvoli boşqa öta xavfli deb hisoblanmayapti.
“Uning ahvoli hozirda barqaror”, deb ma'lum qilganlar şifokorlar. Uning otasi Sergey Skripalning ahvoli esa “xavfli, biroq barqaror” qolmoqda.
4 mart kuni Rossiyada Buyuk Britaniya foydasiga josuslikda ayblangan Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Britaniya hukumati fikriça, asab-falajlovçi modda ta'siriga uçragan. Keyinroq London bu modda göyoki Rossiyada işlab çiqilganini ta'kidlab, şu asosda Moskvani uşbu voqeaga aloqadorlikda ayblagan. Rossiya bu ayblovlarni rad etib, bunday moddani yaratiş dasturi sobiq ittifoqda ham, Rossiyada ham bölmaganini aytgan.













