21 mart kuni «Şayx Zayniddin» jome' masjidida jismonan eşitiş va sözlaşiş imkoniyatlari çeklangan 200 nafar vatandoşlar Islom dinini qabul qilişdi. Bu haqda Azon.uz masjid ma'muriyatiga asoslanib xabar bergan.

«Özbekiston musulmonlari idorasi taşabbusi bilan Toşkent şahar Olmazor tumani «Islomobod» jome' masjidi imom xatibi Jumanov Abdulhamid domla boşçiligida eşitiş va sözlaşiş imkoniyatlari çeklangan 200 nafar vatandoşlarimiz uçun «Şayx Zayniddin» jome' masjidida tadbir ötkazildi. Uşbu tadbir davomida bir paytlar missionerlik harakati oqibatida adaşib boşqa dinlarni qabul qilgan bu vatandoşlarimizga Islom dini haq din ekani va unda hamma barobarligi tuşuntirildi. Ularning barçalariga imon kalimalari yozilgan maxsus ma'lumotnomalar tarqatildi. Natijada bu 200 nafar vatandoşlarimizning közlari yoşga tölgan holda muqaddas Islom dinini qabul qildilar. Tadbir söngida homiylar tomonidan bayram munosabati bilan taomlar berilib, esdalik uçun hadyalar ulaşildi», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq, aynan şu imom-xatib tomonidan eşitiş va sözlaşiş imkoniyatlari çeklangan kişilar uçun juma namozida sudrotarjimon orqali ma'ruza tinglaş imkoniyati yaratilgan edi.

Foto: Özbekiston musulmonlari idorasi
Foto: Özbekiston musulmonlari idorasi