Özbekiston mobil aloqa xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uçun tölovni hozirça bekor qilmaydi. Bu haqda Uzdaily yozmoqda.

Moliya vaziri örinbosari Vyaçeslav Pakning ta'kidlaşiça, hukumat hozirça abonent raqamidan foydalanganlik uçun tölovni bekor qiliş masalasini körib çiqmayapti.

«Bu alohida tölov turi bölib, u davlat mablağlariga maqsadli tölovlar uçun qöllanilmaydi. Aytaylik, bu ma'lum bir bilvosita soliq, bevosita soliq şaklidir va uşbu amaliyot dunyoning köplab mamlakatlarida mavjud», - dedi u. 

Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi direktori örinbosari Gözal Islomova uşbu tölov umummilliy soliq va majburiy tölov emasligini ta'kidladi.

Uning sözlariga köra, konsepsiya alohida soliqlardan köra, köproq umumiy soliqlarni bekor qilişni nazarda tutadi. Uşbu masalalar soliq kodeksini muhokama qiliş jarayonida körib çiqiladi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda mobil aloqa xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxslar tomonidan abonent raqamlaridan foydalanganlik uçun haq tölaş 2012 yilda joriy etilgan. Bugungi kunda abonent tölovi miqdori 4 ming sömni taşkil etadi.