Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov «davlat organlaridagi, ayniqsa sudlar, boşqa huquqni muhofaza qiliş organlaridagi sansalorliklar, har xil yondaşuvlar» aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalaşga salbiy ta'sir körsatişini bildirdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida Adliya vaziri 2017 yilda huquqiy tarğibot va ma'rifatning holati haqidagi axborotni ma'lum qilib, öz nutqida quyidagilarni bildirdi: «Statistika juda rang-barang, masalan, davlat organlari tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini aholiga tuşuntiriş böyiça 700 mingdan ortiq huquqiy tarğibot tadbirlari ötkazilib, ularda 17 millionga yaqin aholi qamrab olindi, ommaviy axborot vositalarida 6129 marta çiqişlar qilindi, 24194ta maqola yozildi, 595 ming 791 marta oğzaki huquqiy tarğibot tadbirlari ötkazildi.
Şu bilan birga savol tuğiladi, natija qanday, bu boradagi samarani qanday baholaymiz?!
Afsuski, tahlillar şuni körsatyaptiki, oxirgi yillarda nafaqat huquqiy madaniyatni oşirişga erişa olmadik, balki bu borada aniq salbiy tendensiya yaqqol közga taşlandi.
Köplab fuqarolarimizdagi boqimandalik kayfiyati, mehnatga munosabatlarida faol iştiroki sustlaşgani, bir tomondan bu jarayonga öz ta'sirini körsatgan bölsa, ikkinçi tomondan davlat organlaridagi, ayniqsa sudlar, boşqa huquqni muhofaza qiliş organlaridagi sansalorliklar, har xil yondaşuvlar, qonunni qöllaşdagi ikki xil standartlar, aholining qonun ustuvorligiga, qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalaşga salbiy ta'sir körsatdi», deydi Ruslanbek Davletov.
Vazir şu kunlarda Böka, Qamaşi, Qöşköpir, Marhamat va Qöşrabot tumanlarida istiqomat qiluvçi aholi vakillari örtasida (1500 nafar kişini qamrab olgan) taşkil etilgan sörovlar natijasini oşkor etdi.
«Sörovlar ham buni tasdiqladi. Respondentlarning 32 foizi Konstitutsiya qabul qilingan kunni töğri ayta olmadi, javoblar ham oson qilib berilgandi, ya'ni yanvar, mart, dekabr oylari körinişida. Şuningdek, 63 foiz respondentlar esa qonunlarni qaysi organ qabul qilişi yuzasidan savolga notöğri javob berdi», deb ta'kidlaydi Adliya vaziri.
Şuning uçun, uşbu huquqiy nigilizm illatlaridan xolis böliş uçun, işlaş uslubini özgartirayotgan Adliya vazirligi yondaşuv va işning kölami, yönalişlarini ham tubda özgartirişini bildirdi.











