Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, 2018 yil 30 mart soat 6:20dan 31 mart soat 14:30gaça 55 nafar şaxs, şu jumladan 6 nafar bola tana haroratining kötarilişi, holsizlik, köngil aynişi, qayt qiliş, iç ketişi, böğimlarda oğriq kabi, şikoyatlar bilan şifoxonaga murojaat qilgan va ulardan 50 nafari Bekobod şahar tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimiga, 4 nafari tuğuruq bölimiga va 1 nafar bemor Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti şifoxonasiga “ötkir gastroenterit, ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamçi taşxisi bilan yotqizilgan.
Ötkazilgan birlamçi epidemiologik tekşiruv natijasida quyidagilar aniqlangan:
Bekobod şahridagi “Baxt uyi” töyxonasida 28 mart kuni fuqaro Begali Yunusov tomonidan ötkazilgan nikoh töyida 300 nafar, “Dildora” töyxonasida fuqaro Dilobar Gulmurodova ötkazgan qiz bazmida 280 nafar mehmon qatnaşgan.
Ikkala töyxonada ham Bekobod şahridagi “Nodirbek omad baraka” xususiy korxonasiga qaraşli “Istiqlol” kafesi tomonidan tayyorlangan “Mujskoy kapriz”, “Yaponça”, “Qiroliça”, “Ot şefa”, “Pikantniy”, “Olive”, “Göştli bodring” salatlar, norin, çuçvara, lyula kabob, ugra, bifstrogan taomlar dasturxonga qöyilgan.
Bemorlardan olingan biologik namunalar Toşkent viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining laboratoriyasiga yuborildi.
Yuzaga kelgan epidemik vaziyatni joyida örganiş, bemorlarni davolaş, profilaktika va epidemiyaga qarşi çora-tadbirlarni ötkazişda mahalliy mutaxassislarga amaliy yordam körsatiş uçun Respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti direktori, t.f.n. A.Abduşukurov, institut şifoxonasining boş vraçi, t.f.n. J.Töyçiyev, 3 nafar reanimatolog, Respublika sanitariya - epidemiologiya nazorat markazi boş vraçi B.Almatov va bölim mudiri 2018 yil 30 mart kuni Bekobod şahriga yuborildi.
Qayd etilişiça, şifoxonada bemorlarga malakali tibbiy xizmat körsatilmoqda, dori-darmon zaxiralari yetarli. Bemorlarning umumiy ahvoli örtaça oğirlikda. 2 nafar bemorga qoniqarli ahvolda uylariga javob berildi. Murojaat qilgan 7 nafar bemorlarga ambulatoriya şaroitida tibbiy yordam körsatilib, ahvollari qoniqarli bölgani uçun uylariga ketişga ruxsat berilgan.
Töy marosimida iştirok etgan fuqarolarni röyxatini aniqlaş, profilaktik va epidemiya qarşi tadbirlarni amalga oşiriş uçun şahar tibbiyot birlaşmasidan jalb etilgan 136 nafar patronaj hamşira va sanitariya-epidemiologiya xizmatidan 50 nafar mutaxassis tomonidan xonadonma-xonadon yurib, suriştiriş işlari olib borilmoqda.











