Qozoğiston milliy banki kriptovalyutalarni tartibga soliş masalasiga konservativ munosabatda bölib, ularning qozoq tangasiga sotib olinişi-sotilişini, birjalarning bu segmentda faoliyatini hamda mayningning har qanday turini taqiqlab qöymoqçi. Bu haqda milliy bank rahbari Doniyor Akişev ma'lum qilgan.
Akişevning aytişiça, kriptovalyutalar köplab muammolar keltirib çiqaradi, ulardan eng asosiysi uşbu xizmatlar iste'molçilari huquqlarining himoyasi hisoblanadi. “Biz milliy bozor bilan boğliq xatarlarni minimallaştiramiz, birorta markaziy bankda bu bozorni transçegaraviy bozorda boşqariş uçun töliq funksional bölmasa kerak. Şu sababli, eng kamida, biz bu xatarni milliy valyuta orqali qisqartirişimiz lozim”, deb aytgan Akişev.
Uning ta'kidlaşiça, yana bitta katta xatar – kriptovalyutalarni noqonuniy harakatlarni amalga oşiriş uçun qöllaş imkoni. “Kriptovalyutalar pul yuviş va soliqdan qoçiş uçun ideal vositadir”, deb tuşuntirdi Akişev.
Akişevning qöşimça qilişiça, markaziy bankning kriptovalyutalar borasidagi qat'iy pozitsiyasi Qozoğistonning aksariyat davlat idoralari tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.












