5-7 iyun kunlari Toşkentda qöl jangi böyiça VI Jahon çempionati bölib ötdi. Unda umumjamoa hisobida Özbekiston terma jamoasi ğalaba qozondi.

Özbekiston Qöl jangi federatsiyasidan xabar qilişlariça, mezbon sportçilar 8 ta oltin, 11 ta kumuş va 11 ta bronza – jami 30 ta medalni qölga kiritdi.

Umumjamoa hisobida 2-örin Rossiya, 3-örin Qozoğiston terma jamoasiga nasib etdi.

Milliy olimpiya qömitasi axborotiga köra, çempionatda 30 ta mamlakatdan 200 nafardan ortiq sportçi iştirok etdi.

Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Foto: Milliy olimpiya qömitasi