Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Rossiyaga mahsulotlar yetkazib beriş bilan boğliq muammolar şaroitida yangi sotiş bozorlarini izlaş vazifasini topşirdi. Bu haqda «BelTA» xabar bermoqda.

«Eksportga keladigan bölsak, boşqa bozorlarni izlang. Agarda Rossiya bizni tuşunmayotgan bölsa va buni xohlamasa, mayli, Rossiya prezidenti bilan inauguratsiyadan söng körişamiz, barça masalalarni batafsil va aniq tarzda muhokama etamiz. Vaziyatni aniqlaştiriş kerak. Agar ular bizni muntazam ravişda tuşunarsiz sabablar bilan tiz çöktirişga qaror qilişgan bölsa, boşqa joydan baxtimizni izlaymiz. Şuning uçun boşqa bozorlarni qidiringlar. Har doim bitta bozorda ötiriş mumkin emas», - deya aytib ötgan Lukaşenko.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, Belarus Rossiyaga yomon heç narsani olib borayotgani yöq.

«Tekşiruvçilarning özi Rossiyada xuddi Belarusdek bölişi kerakligini aytişmoqda. Şuning uçun şu yil hammasini aniqlaştirib olamiz. Biz yaxşilik qilmoqdamiz va doimo tiz çökmoqdamiz», - deya ta'kidlab ötdi Lukaşenko.