Optimistik odamlar yurak-qon tomir kasalliklaridan kamroq aziyat çekadi. Bundan amerikalik olimlarning tadqiqoti ma'lumotlari darak bermoqda, u BMJ Open jurnalida e'lon qilingan.

Ilmiy iş uçun kelib çiqişi lotin amerikalik bölgan 4 900 AQŞ fuqarosi haqidagi ma'lumotlardan foydalanildi. Olimlarning fikriga köra, bu guruh eng himoyasiz, sababi hamma ham ingliz tilini bilmaydi, ispan tilini tuşunadigan şifokorni topiş esa oson emas.

Ularning barçasi tana massasi indeksiga, harakatlaniş, plazmadagi glyukoza darajasi, qon bosimiga qarab guruhlarga bölingan.

Köngillilardagi optimizm darajasi maxsus test yordamida ölçandi.

Aniqlanişiça, optimistik odamlarning yurakdan şikoyat qiliş ehtimoli kamroq ekan. Köp paytlarda yaxşi kayfiyatda bölganlarning yuragi nisbatan soğlom bölgan.

Tadqiqot mualliflari sözlariga köra, hozirgi paytda yurak va ruhiy holat örtasidagi aloqa haqida aniq ma'lumot yöq. Biroq, amalga oşirilgan tajriba juda aniq boğliqlikni körsatadi.