Prezident Şavkat Mirziyoyev Zafarobod tumanidagi suv omborining quriliş jarayoni bilan tanişdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu suv inşooti Jizzax viloyatida foydalanilmay turgan 20 ming gektar yerni suv bilan ta'minlaş, ekin maydonlarini kengaytiriş imkonini beradi. Şu atrofdagi tumanlarda heç narsa ekilmagan, kuçli yer köp. Ularga eksportbop va sanoatbop ekinlar ekib, yuqori daromad oliş mumkin.
Biz bu hududda lavlagi yetiştiriş, uni qayta işlab, şakar çiqaradigan zavod qurişni rejalaştirganmiz. Bu mamlakatimizning şakar mustaqilligini ta'minlaş uçun juda zarur. Qayta işlangan mahsulotni ozuqa sifatida işlatib, çorvaçilikni ham rivojlantiramiz, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şu yerda 2018-2019 yillarda Jizzax viloyatida irrigatsiya-melioratsiya Davlat dasturi asosida amalga oşiriladigan işlar, gidroinşootlar loyihalari yuzasidan axborot berildi. “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Zomin va Zafarobod tumanlarida mikroGESlarni quriş va modernizatsiya qiliş investitsiya loyihalari taqdimoti ötkazildi.

Davlat rahbari uşbu quriliş va modernizatsiya işlarini sifatli bajariş, buning uçun moliyaviy va taşkiliy kömak körsatiş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berdi.
Şuning bilan prezident Şavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga taşrifi nihoyasiga yetgan.












