Tesla asosçisi Ilon Mask kompaniya bankrotlikka yuz tutgani haqida «ma'lum qildi». U tvitterdagi sahifasida 1 aprel kuni munosabati bilan şunday hazil bayonot bergan.

«Pul işlab topişga qaratilgan keskin sa'y-harakatlarga qaramay, biz şuni afsus bilan xabar beramizki, Tesla butunlay bankrot deb topildi. Şu darajada bankrotki, sizlar hattoki buni tasavvur ham qila olmaysizlar», - deya yozgan Mask.

Uning ta'kidlaşiça, AQŞning bankrotlik töğrisidagi kodeksida bir neça boblar bor, hamda Tesla, uning sözlariga köra, «ularning barçasini yiğişga muvaffaq böldi».

«Ilon Tesla Model 3 yonida behuş holatda yotgani aniqlandi. Uning yuzlarida qurib qolgan köz yoşlari izlari hamon körinib turibdi», - deya qöşimça qilib ötdi Mask.