Poytaxt köngiloçar-savdo majmualarida amaliy maşğulotlar davom etmoqda. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar tarqatdi.

Manbaga köra, 1 aprel kuni poytaxtda joylaşgan MEGA PLANET va VEGA CENTRE köngiloçar va savdo majmualarida Toşkent şahar IIBB YoXB, FVB, «Özdavenergonazorat» Toşkent şahar bölimi, Gaz avariya xizmati hamda Toşkent şahar SSB tez tibbiy yordam stansiyasi xodimlari hamkorligida favqulodda holatlarda töğri harakatlaniş könikmalariga bağişlangan amaliy maşğulotlar ötkazildi.

Foto: IIBB 

Maşğulotlar davomida majmua xodimlari yonğin kelib çiqqanda uni bartaraf etiş, fuqarolarni evakuatsiya qiliş, jabrlanganlarga birinçi yordamni körsatiş maşqlarini bevosita mutaxassislar bilan birgalikda bajarişdi. Alohida e'tibor fuqarolar bilan işlaşga qaratildi: yonğin yuz berganda sarosimaga tuşmasdan, bolalar va kattalarni binodan taşqariga olib çiqiş yöllari körsatib berildi.

Foto: IIBB 

Bundan taşqari, maşğulot doirasida uşbu binolardagi yonğinga qarşi xavfsizlik tizimlari, evakuatsiya rejalari, yonğin öçiriş vositalari holatining sozligi, zaxira çiqiş yöllari va körsatkiçlarining mavjudligi tekşiruvdan ötkazildi.

Foto: IIBB 

Eslatib ötamiz, 25 mart kuni Rossiyaning Kemerovo şahrida «Zimnyaya vişnya» savdo markazida yonğin röy berişi oqibatida 64 kişi halok böldi, yuzga yaqin kişi jarohatlandi. Bino yonğin xavfsizligi talablariga javob bermagani aniqlandi, uşbu hodisa yuzasidan oçilgan jinoyat işi doirasida 10ga yaqin kişi qölga olingan.