Şvetsiya aeroportlaridan parvoz amalga oşiriş uçun yangi soliq 1 apreldan amal qila boşladi. Bu haqda Şvetsiya radiosi SR xabar bermoqda.
“Bugundan Şvetsiyadan parvozlarga soliq kiritilmoqda. Iqlim bilan boğliq bu çora ham qöllab-quvvatlangandi, ham tanqid qilingandi”, deb xabar berdi radio.
Ma'lum qilinişiça, soliq qiymati Şvetsiya içida va Yevropa Ittifoqiga safarlar uçun 60 kronni (5 yevro) taşkil qiladi. Undan uzoqroqqa parvozlar reys davomiyligiga qarab 250 krondan (23 yevro) 400 krongaçani (36 yevro) taşkil qilişi mumkin. Soliq yölovçilarga solinmaydi, u aviakompaniyalarga nisbatan kiritilgan. Bu çiptalar narxi oşişini anglatişi-yöqligi hozirça noma'lum. Hukumat buyurtmasi bilan soliq kiritilişidan avval ötkazilgan tahlilga köra, issiqhona gazlari çiqarilişi 2 foizgaça qisqarişi mumkin va odamlar kamroq uçişlari kutilmoqda.
“Bu soliq çiqindi gazlarga bevosita boğliq emas, biroq bu muhimmas, şunçaki parvoz sababli iqlimga ta'sir uçun haq tölanişini qayerdadir boşlaş kerak edi”, deb aytgan Şvetsiyaning atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasidan transport masalalari böyiça mutaxassis Mats Byorsell soliqqa izoh berib.
Radioda ta'kidlanişiça, yangi soliq mamlakatda birdek qabul qilinmagan. Misol uçun, muxolif Markaz partiyasining fikriça, iqlim böyiça işlaşda amaliy usul bioyoqilğiga ötişni tezlaştiriş böladi.












