Kemerovodagi yirik yonğin yuz bergan “Zimnyaya vişnya” savdo markazining yonğin signalizatsiyasi avtomatik rejimdan qöl boşqaruvi rejimiga ötkazilgan va qöriqçilar yonğin haqida signal olganlarida zarur harakatlarni amalga oşirmaganlar. Bu haqda Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining yonğin nazorati böyiça boş davlat nazoratçisi Rinat Yenikeyev intervyuda ma'lum qildi. 

“Tuşunişimça, 19 martdan boşlab signalizatsiya nosoz işlay boşlagan va yolğon ogohlantirişlar jönatgan. Şu sababli u öçirilib, qöl boşqaruviga ötkazilgan”, deb ma'lum qilgan Yenikeyev.

Uning aytişiça, yonğin xavfsizligi tizimi avtomatik rejimda bir onda tutunni bartaraf etiş tizimini yoqişi, liftlarni 1-qavatga tuşirişi, barça eskalatorlarni faqat tuşiş tomon yönaltirişi va evakuatsiya çiqiş eşiklarini oçişi kerak.

Yenikeyevning aytişiça, savdo markazidagi yonğin haqidagi signal 1-qavatda joylaşgan pultdagi qöriqçiga kelib tuşgan. Bundan keyin qöriqçi avtomatik rejimda yoqilişi kerak bölgan barça tizimlarni qölda yoqib çiqişi kerak bölgan. “Biroq u buni qilmagan va favqulodda vaziyatlar vazirligini yonğin haqida xabardor qilmagan”, deb aytgan Yenikeyev va qutqaruvçilarga boşqa noma'lum odam qönğiroq qilganini qöşimça qilgan.   

Bundan taşqari, yonğin vaqtida savdo markazida umumiy ventilyatsiya işlaşda davom etgan, bu esa yonğinning tezda tarqalişiga olib kelgan.

Yenikeyevning aytişiça, voqealarning aniq surati signalizatsiya nazorat qurilmasidan barça ma'lumot olingandan keyin tiklanadi. U hozir tergovçilar tomondan rasşifrovka qilinmoqda.