Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook’ga yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi – Tsukerberg
Facebook rahbari Mark Tsukerberg kompaniyaga u duch kelgan muammolarni hal qilish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi, deb hisoblamoqda. U bu haqda Vox internet-saytida e'lon qilingan intervyusida ma'lum qilgan.
“Bu muammolarni hal qilish nuqtai nazaridan, fikrimcha, bu biz yetarlicha sarmoya qilmagan holatdir. O‘ylashimcha, biz bu o‘pirilishdan o‘tib olamiz, biroq bunga bir necha yil talab etiladi. Men bu muammolarni 3 yoki 6 oy ichida hal qilishni istardim, biroq haqiqat shundaki, bu masalalarni hal qilish ko‘proq vaqt oladi”, deb aytgan Tsukerberg.
Tsukerberg kompaniya xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar sonini ko‘paytirayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Martda ijtimoiy tarmoq Cambridge Analytica britan kompaniyasi Facebook’ning 50 mlndan ko‘proq foydalanuvchisi shaxsiy ma'lumotlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgani haqidagi xabardan keyin mojaro markazida qoldi.
Mavzuga oid
22:58 / 10.02.2026
«Qaramlik mashinalari» - Instagram va YouTube ustidan sud jarayoni boshlandi
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025