Apple korporatsiyasi rahbari Tim Kukning Facebook kompaniyasi va unga qaraşli şu nomli ijtimoiy tarmoqqa nisbatan tanqidi asossiz deb topildi. Facebook rahbari Mark Tsukerberg Vox internet-saytiga bergan intervyusida şunday bayonot berdi.
Mart oyi oxirida Tim Kuk MSNBC telekanaliga bergan intervyusida Apple heç qaçon Facebook kabi mojarolar (50 million foydalanuvçi ma'lumotlari tarqalişiga doir mojaro) markazida qolmasligini aytgandi. Öşanda Kuk Apple korporatsiyasi Facebook'dan farqli ölaroq, heç qaçon tijorat maqsadlarida foydalanuvçilar ma'lumotlarini yiğmasligiga va öz mijozlariga "xuddi tovardek" munosabatda bölmasligiga işontirgan.
"Menimça, "siz pul tölamasangiz ham biz nima uçundir siz haqingizda qayğuramiz" qabilidagi dalil juda yuzaki va mutlaqo haqiqatga töğri kelmaydi, - dedi Tsukerberg Kukning bayonotiga izoh berar ekan. - Real hayotda esa, agar siz butun dunyo kişilarini birlaştiruvçi servis yaratmoqçi bölsangiz, pul tölaşga qurbi yetmagan odamlar ham köp böladi. Şu bois aksariyat mediada bölgani kabi, reklamaga asoslangan model barça odamlarni qamrab olişi mumkin bölgan servis qurilişi uçun yagona ratsional yöl hisoblanadi".
"Öylaşimça, men sotuvlar böyiça mutaxassislarimiz fikriga yetarliça quloq tutmay, eng avvalo jamiyat uçun qulay jihatlarga asoslanib, qaror qabul qilaman va biznesimizning reklama bilan boğliq qismiga kam e'tibor qarataman, çoği", - qöşimça qildi Tsukerberg.
Bundan avval u Facebook ijtimoiy tarmoği orqali butun sayyora aholisini birlaştirişga harakat qilişi va unda röyxatdan ötganlik uçun tölov olinmasligini bir neça marta takrorlagan. Facebook kompaniyasi daromadlarining katta qismi reklama tuşumlariga töğri keladi.

















