Internetda AQŞning Oklaxoma ştatidagi harbiy bazada ğozning harbiylarga “hujumi” videosi paydo böldi.
Video harbiy qismdagi kuzatuv kameralari tomonidan qayd qilingan. Rolikda ğoz harbiylardan biriga yopişgani, harbiy esa ğozdan himoyalanmoqçi bölayotgandek harakatlar qilib, oxiri qoçib qolganini köriş mumkin.
Şundan keyin ğoz yölakçada mağrurona yurişda davom etadi, ortda kelayotgan harbiylar esa uning oldidan biroz hayiqqança, tez-tez ötib ketişga harakat qilişadi.
Videoga izohda aytilişiça, voqea yuz bergan Fort Sill harbiy bazasida Stiv va Brenda laqabli ikkita ğoz yaşaydi. Video mualliflarining biri izohiça, “Stiv ayniqsa jahldor holatda bölgan”.
Rolikka qoldirilgan hazilomuz izohlardan birida amerikalik “baquvvat yigitlar” oddiygina ğozdan “qörqib ketişgani” aytilgan.













