2018 yilning 6 aprel kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarligidagi delegatsiya Minsk şahrida bölib ötadigan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Taşqi işlar vazirlari kengaşining bölajak majlisida iştirok etadi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, TIV rahbarlari tomonidan MDH formatidagi hamkorlikning dolzarb masalalari va xalqaro kun tartibi muhokama qilinadi.
MDH Ijroiya qömitasi matbuot xizmatining xabar berişiça, taşqi siyosat idoralari rahbarlari uçraşuvi kun tartibi loyihasiga ön ikkita masala kiritilgan – bu siyosiy va gumanitar hamkorlik masalalari, şuningdek, xavfsizlikni ta'minlaş sohasidagi özaro aloqalardir.












