AQŞ Suriya şimolida, özini özi mudofaa qiliş xalq otryadlari (YPG) nazoratida bölgan hududda, Frot daryosidan ğarbda joylaşgan Manbij tumanida ikkita harbiy baza barpo etmoqçi. Bu haqda Anadolu agentligi öz manbalariga asoslangan holda xabar tarqatgan.
OAV ma'lumotiga köra, amerikaliklarning kuzatuv punktlaridan biri Manbij şimolida, Dadat qişloğidan janubi-ğarbda joylaşadi. Amerikalik harbiylar ayni vaqtda uşbu hududga köp miqdorda quriliş texnikalari olib kelmoqda.
Qurilayotgan baza Manbijni 2017 yili Turkiya tomonidan ötkazilgan «Frot qalqoni» amaliyotidan keyin Turkiya armiyasi nazorati ostiga ötgan Jyeralbus bilan ajratib turuvçi Sadju daryosi qirğoqlaridan 8 kilometr masofada joylaşadi.
AQŞning ikkinçi harbiy bazasi esa Dadat qişloğidan janubda, «Frot qalqoni» amaliyotidan keyin turklar egallagan hududlardan 4 kilometr masofaga örnatiladi. Bu baza Nuaymiyadagi amerikalik harbiylar faoliyatini qöllab-quvvatlab turişi möljallangan.
Agentlikning xabar qilişiça, quriliş işlari yakunlanganidan keyin uşbu baza amerikalik harbiylarni «Frot qalqoni» amaliyoti doirasida Suriya şimolida örnaşgan Turkiya harbiylariga juda yaqin joylaştiradi.
Mart oyi oxirida Turkiya Milliy xavfsizlik kengaşi kurdlar Manbijni zudlik bilan tark etişini talab qilgandi. Anqara agar bu talabi bajarilmasa, harbiy yuriş qilişidan ogohlantirdi.
Turkiya bir neça marta AQŞni kurdlar Manbijdan olib ketiş va'dasini bajarmaslikda ayblab keladi. Şahar 2016 yil yozida kurd harbiy bölinmalari tomonidan IŞIDdan ozod etilgandi, Turkiya esa bu guruhlarni terrorçi taşkilotlar deb hisoblaydi.













