Çempionlar ligasining çorak finalida «Sevilya» «Bavariya»ga qarşi tengma-teng kuraş olib bordi, ammo nemislarning tajriba borasidagi ustunligi qöl keldi.
SeVILYa - BAVARIYa - 1:2 (1:1)
Gollar: Sarabiya, 32 (1:0). Xesus Navas, 37 - avtogol (1:1). Tiagu Alkantara, 68 (1:2).
«Sevilya»: Soriya, Xesus Navas, Ker, Langle, Eskudero, Sarabiya, N`Zonzi, Pisarro, Vaskes, Korrea (Ramires, 78), Ben Yyedder (Muriel, 80).
«Bavariya» (Myunxen): Ulrayx, Kimmix, Boateng, Xummels, Bernat (Rafinya, 46), Xavi Martines, Tiagu Alkantara, Vidal (Rodriges, 36), Myuller, Levandovski, Riberi (Robben, 79).
Ogohlantirişlar: Riberi, 13. Korrea, 15. Bernat, 34. Myuller, 85. Pisarro, 90.
Hakam: Orsato (Italiya).
3 aprel. Sevilya. «Ramon Sançes Pisxuan» stadioni.
Javob öyini - 11 aprel.
Biroz oldinroq «Bavariya» maşinasi Dortmundning «Borussiya»sini «bosib ötib ketgan»di. Köpçilik oldindan «Sevilya» ham osonlik bilan taslim etilişini kutişayotgandi. Ammo Vinçentso Montella şogirdlari avvalgi bosqiçda ham «MYu» bilan juftlikda favorit sanalişmagan, va bu qarama-qarşilikda ham ulardan köproq narsa kutiş mumkin edi. Bu haqda öyindan oldin myunxenliklar jamoasi ustozi Yupp Haynkess ham eslatib ötdi, u safar öyinidan durang bilan qaytiş ham yomon natija bölmasligini tan oldi.

Çorak finallar böyiça eng tajribali mutaxassis bölmiş Haynkess nafaqat «Mançester Yunayted»ning qoqilişidan, balki bir neça kun oldinroq «Barselona» «Ramon Sançes Pisxuan»da mağlub bölişiga bir baxya qolganidan ham öziga kerakli xulosalarni çiqarib olgan va ehtiyotkorlik bilan gapirgandi. Maydonda ham uning xavotirlari örinli bölib çiqdi, ispanlar öyinda hisobni oçişdi, ammo keyin ötkazilgan ikki gol kim aslida kuçliroq ekanini körsatib qöydi.
Montella öyin arafasida «Sevilya» hozirça kunora katta uçraşuvlarda maydonga tuşişga tayyor emasligi haqida gapirgandi, qolaversa, uning jamoasi asosiy yetakçilaridan biri Banegasiz harakat qilişga majbur böldi (diskvalifikatsiya). Italiyalik mutaxassis darvozani Soriyaga işonib topşirdi - bu futbolçi 21 asrdagi debyuti Çempionlar ligasi çorak finaliga töğri kelgan ilk futbolçi böldi.
Öyinda hisobni mezbonlar oçişdi. Montella kelgaç, jamoaning asosiy hujumçisiga aylangan Sarabiya (7 gol va 6 pas) jarima maydonida jiddiy qarşiliksiz töpni egallab, darvozani işğol qildi. Bu vaziyatda nemislar gol muallifi töpni qöli bilan öziga önglab olganini iddao qilişdi, ammo hakamni işontira olişmadi. Nemislar öz antirekordini yangiladi - jamoa Çempionlar ligasida qatorasiga 13-safar öyinida gol ötkazmoqda.

Soriyaning debyuti joriy mavsumda eng köp gol urayotgan jamoaga qarşi böldi. Unga gol urişdi, ammo ikki vaziyatda ham töp «Sevilya» futbolçilari orqali darvozaga kirdi: Riberinning zarbasi Xesus Navasning oyoqlari orasidan ötib darvozaning yaqin burçagiga yumaladi.

Birinçi bölim andalusiyaliklar ssenariysi böyiça ötdi. Gol bölgan vaziyatdan taşqari köplab hujumlar uyuştirildi, Ben Yyedder doimiy ravişda raqib himoyaçilarini tahlikada uşlab turdi, qolaversa himoya tartibli harakat qildi. 45 daqiqa davomida «Bavariya»ning asosiy hujumçisi raqib jarima maydoni içida töpga tega olmadi. Ammo ikkinçi bölimda «Bavariya» tezkorroq öynadi va Bernat örniga tuşirilgan Rafinya qanotda Sarabiyani yopib qöydi.
Sevilyaliklar ikkinçi bölimga kelib çarçab qolişgandi va raqib hujumlarini töxtatişga ulgurmay qolişdi. Şunday hujumlardan birida Soriya Xavi Martinesning kuçli zarbasini qaytardi, qaytgan töpga esa Tiagu Alkantara yetib keldi. U bergan zarba ham yöl-yölakay Eskuderoga tegib, darvoza töriga borib tuşdi. Ispaniya terma jamoasi a'zosi bölgan bu futbolçining turnirda urgan jami 8 golidan 7tasi pley-off öyinlarida urilgan.

Haynkes esa rekordçi maqomiga ega böldi - u Çempionlar ligasida qatorasiga 12 uçraşuvda ğolib bölgan ilk murabbiy.












