Bugun Özbekistonda faoliyat yuritayotgan körsatuvlar bir-biridan rang-barang, bir-biridan qiziqarli. Mazmunan turfa xil. Ana şunday körsatuvlardan biri “Boriga baraka” şousi. Bu körsatuv el orasida ançayin tez ommalaşdi va şunga yaraşa ayrim gap-sözlar ham paydo böldi. Ya'ni bu körsatuvda qatnaşib, öynaş qimorligi haqda. Savollar.islom.uz portaliga yuborilgan savollardan biri aynan şu haqda böldi.
“Assalomu alaykum! Hozirda telekanallardan birida BORIGA BARAKA körsatuvi berilmoqda. Juda köp insonlar şunda iştirok etişmoqda. Öyin şarti: 5000 söm ularning hisobiga ötkazgandan keyin iştirokçiga aylaniladi. Öyinda iştirokçini şu pulni ötkazgan insonlardan tanlab olişadi. Keyin şu öyinga taklif qilişadi va u inson nimadir yutib olişi aniq. Şu öyin qimor şartlariga töğri keladimi?
«Zikr ahlidan sörang» hay'ati uşbu savolga quyidagi tartibda javob bergan:
“Va alaykum assalom! Ha qimor böladi, çunki ikki yoki undan köp tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga böladigan har bir holat qimordir. Agar şu qoidaga tuşsa, joiz emas. Turli öyinlardagi yutqazgan pulini tölaş ham qimordir. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
90. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol oçar) çöplar iflosdir. Şaytonning işidir. Bas, undan çetda böling. Şoyadki, zafar topsangiz.
إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاء فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَن ذِكْرِ اللّهِ وَعَنِ الصَّلاَةِ فَهَلْ أَنتُم مُّنتَهُونَ
91. Albatta, şayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va nafrat solişni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan tösişni istaydir. Endi töxtarsizlar?!
Vallohu a'lam!”.











