«Yula» e'lonlar saytida 1980 yilda işlab çiqarilgan GAZ-13 «Çayka» sotilayotgani haqida xabar paydo böldi. Maşinani sotayotgan şaxsning iddao etişiça, limuzin elçixona garajiga kirgan, 1982 yilda esa KPSS MQ boş kotibi Leonid Brejnev Özbekistonga taşrifi vaqtida unda harakatlangan. Narxi – 30 mln rubl.

«Çayka» hozirga qadar ikki kişiga tegişli bölgan va ikki ming kilometr yöl bosgan. Asl dvigatel ham saqlanib qoldi – V şaklli 5,53 litrlik, 195 ot kuçiga ega «sakkiztalik». U uç poğonali gidromexanik uzatmalar qutisi bilan uyğunlaşgan. Limuzin «yuzga» 20 soniyada çiqişi mumkin, uning maksimal tezligi esa soatiga 160 kilometrni taşkil etadi.

Foto: youla.ru
Foto: youla.ru
Foto: youla.ru

«Çayka»ning jihozlanişi maşina maqomiga mos va öşa davrdagi mahalliy maşinalarga öxşamaydi. Xususan, limuzin elektr oyna kötargiçlar, isitiş tizimi, tumanga qarşi faralar, qoraytirilgan oynalar va çarmli örindiqlarga ega.