Qrimning janubidagi Quyi Oreandda sobiq ittifoqning 1-raqamli davlat daçasi sotildi. Bu dala hovli Qrim Rossiya tarkibiga kirgandan keyin mahalliy hokimiyat tomonidan milliylaştirilgandi. 

Dala hovli 1,2 mlrd rublga sotilgan. Bu haqda Qrimning mulkiy va yer munosabatlari vaziri Anna Anyuxina ma'lum qildi. U obekt Rossiyaning yuridik şaxsi tomonidan xarid qilinganini aytgan, biroq bu qanday kompaniya ekanligiga aniqlik kiritmagan. 

Uşbu dala hovli 1955 yilda qurilgan va sobiq ittifoq rahbarlaridan biri – Leonid Brejnevning yarimoroldagi eng sevimli dam oliş joylaridan biriga aylangan.

Ukrainada Leonid Kuçma prezident bölgan vaqtda dala hovli oliy rada tasarrufidan Ukraina soliq ma'muriyati balansiga ötkazilgan va “Glitsiniya” sihatgohi deb atala boşlangan.