2017 yilda Rossiyada yigirma beşta teraktning oldi olindi, tört terrorçi buni sodir etişning uddasidan çiqqan. Bu haqda RF Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov ma'lum qildi.

"Faqatgina ötgan yili Rossiyada 25ta teraktning oldi olindi, törttasi sodir böldi", - deya aytib ötdi u Xalqaro xavfsizlik böyiça Moskva konferensiyasida.

Rossiya FXX IŞID va “Al-Qoida” bir tuzilmaga birlaşişi mumkinligini istisno etmayapti. "IŞID va “Al-Qoida” yangilangan terrorçilik tarmoği körinişida birlaşişi mumkin", - deya aytib ötgan Bortnikov.

Şuningdek uning sözlariga köra, rus maxsus xizmatlari AQŞ va Turkiyadan olingan ma'lumotlar tufayli yangi yil bayramlarida ikkita teraktning oldini olişga muvaffaq bölgan. 

"Yaxşi bilasizki, ötgan yili AQŞ Rossiyani Sankt-Peterburgda yangi yil bayramlari paytida terakt sodir etişga tayyorgarlik körilayotgani haqida öz vaqtida ogohlantirdi. Öşanda turk hamkorlardan olingan ma'lumot tufayli yana bir hujumning oldi olingandi", - degan u.