Trustlook Labs korporatsiyasi tadqiqotçilari deyarli barça messenjerlardan ma'lumotlarni öğirlay oladigan troyan virusi aniqlangani haqida xabar berişdi. Kompaniya blogida şu haqida ma'lum qilindi. 

Ekspertlarning ta'kidlaşiça, zarar yetkazuvçi dastur antiviruslarni çetlab ötib, tizimga uni aniqlaş va kodni tahlil qiliş imkonini bermaydi. 

Virus tizimga kirib, Telegram, Viber, Skype, Facebook Messenger va boşqa messenrjyerlardagi ma'lumotlarni örganadi hamda ularni masofadagi serverga jönatadi. Kompaniya tadqiqotçilarining taxmin qilişlariça, yovuz niyatli kimsalar olingan ma'lumotlardan şantaj qiliş niyatida foydalanişlari mumkin. 

Kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislar Xitoyning Cloud Module ilovasida virus aniqlaşdi. Zararli dasturiy ta'minotga ega fayl com.android.boxa deb atalgan.

U Android ilovalarining havolalari va boşqa dökonlari orqali tarqalayotgani taxmin qilinmoqda.