Özbekiston futbol assotsiatsiyasi va «Real Madrid» klubi akademiyasi direktori vakillari uçraşuvi davomida «Qirollik klubi»ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida Özbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi oçilişi böyiça kelişuvga erişilgandi.
Ana şu kelişuv böyiça iş tartibini yölga qöyiş maqsadida Özbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon Ğofurov Ispaniyaga taşrif buyurib, «Real Madrid» akademiyasi rahbariyati bilan uçraşdi.
Kelişuvga köra, «Real Madrid»da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni Özbekistonga olib keliş böyiça ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida maşğulotlar ötkaziş, futbolçilar bilan işlaş jarayonlari haqida öz tajribalari bilan örtoqlaşadilar.
Şuningdek, yurtimizdagi iste'dodli bolalarni «Real» Madridga olib boriş, «Qirollik klubi» tomonidan taşkil etiladigan musobaqalarda ularning iştirokini ta'minlaş böyiça ham hamkorlik qilinadigan böldi.
«Real Madrid» Akademiyasi xorijiy davlatlarda faqat Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida iş olib bormoqda.
Endilikda uşbu dastur asosida «Real Madrid» metodologiyasini Özbekistondagi futbol klublarida ham qöllaş, futbolçilar bilan yangiça uslubda maşğulotlar ötkaziş yölga qöyiladi.
Muzokaralar natijasiga köra şu yilning iyun oyida «Real Madrid» klubi akademiyasi mutasaddilari va vakillari yurtimizga taşrif buyuradigan bölişdi. Ular Özbekistonda bir oyga yaqin vaqt davomida bölib, «Qirollik klubi» akademiyasini taşkil etiş, yurtimizdagi futbol maktablari va akademiyalarida ispan futboli metodikasi böyiça iş olib boriş, bolalar futboli murabbiylarining malakasini oşiriş, öz tajribalari bilan örtoqlaşiş borasida iş olib borişadi.












