Özbekiston Respublikasi prezidenti “Amalga oşirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
 
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar böyiça xizmati bazasida Özbekiston Respublikasi prezidenti devonining huquqni muhofaza qiliş faoliyatini muvofiqlaştiriş va islohotlarni huquqiy qöllab-quvvatlaş xizmati taşkil etiladi.
 
Özbekiston Respublikasi prezidenti devonining huquqni muhofaza qiliş faoliyatini muvofiqlaştiriş va islohotlarni huquqiy qöllab-quvvatlaş xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat böladi: 

davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalari, davlat boşqaruvi tizimlarining ustuvor yönalişlarini işlab çiqişdagi sa'y-harakatlarini birlaştiriş;

Özbekiston Respublikasi prezidentining huquqiy masalalar böyiça faoliyatini ta'minlaş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi prezidentining qonun ijodkorligi sohasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oşirişga kömaklaşiş;

Parlament, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan samarali hamkorlikni taşkil etiş;

davlat boşqaruvi tizimining samarali işlaşi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarni töliq amalga oşirilişi, qonunçilik hujjatlarini qat'iy amalga oşirilişi, şuningdek byurokratiya, huquqbuzarlik va korrupsiya uçun şaroit yaratayotgan tösqinlik qilayotgan tizimli muammolar va kamçiliklarni aniqlaş;

davlat boşqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalari tizimini isloh qiliş böyiça ilğor xorijiy tajribani joriy qiliş böyiça kompleks tahlil va takliflar tayyorlaş;

huquqiy tartibga solişning tizimli va barqarorligini, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, sudlar faoliyatida yagona va töğri huquqni qöllaş amaliyotini ta'minlaş böyiça takliflarni işlab çiqiş;

davlat boşqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalari tizimini isloh qiliş böyiça Özbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari bajarilişini monitoring va nazorat qiliş;

Hukumat faoliyatining samaradorligini ta'minlaş, uning ijro etuvçi apparatini optimallaştiriş, vazirliklarning ularga işonib topşirilgan sohalarda javobgarligini kuçaytiriş, şuningdek, davlat hokimiyati va boşqaruvi tizimida vakolat va mas'uliyatni aniq belgilaş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqiş;

joylardagi davlat hokimiyati organlarining faoliyatini tahlil qiliş, ularning mas'uliyati va joylarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilişdagi mustaqilligini oşiriş, mintaqalarda islohotlar strategiyasini amalga oşiriş böyiça takliflarni işlab çiqiş;

sud tizimining mustaqilligini yanada oşiriş, fuqarolarning, xöjalik yurituvçi sub'yektlarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilişdagi rolini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;

adliya, prokuratura va içki işlar organlarining özlariga yuklatilgan vazifalarni bajarişdagi faoliyatini takomillaştiriş va muvofiqlaştiriş, ularning faoliyatini tizimli tahlil va monitoring qiliş;

sudlarda, adliya, prokuratura va içki işlar organlarida davlat kadrlar siyosatini amalga oşirişni ta'minlaş, yuridik kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraş, mamlakatdagi huquq va tartib-intizom holati töğrisida Özbekiston Respublikasi prezidentini xabardor qiliş.

Xizmatga quyidagi huquqlar berildi: 

davlat organlari va boşqa taşkilotlardan statistika, tahlil va boşqa axborotlarini, şu jumladan Özbekiston Respublikasi prezidentining davlat boşqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalari tizimini isloh qiliş töğrisidagi qarorlarini amalga oşiriş töğrisida ma'lumot talab qiliş;

davlat hokimiyati va boşqaruvi tizimiga ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarga tösqinlik qilayotgan tizimli kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida huquqiy kamçiliklarni töldiriş va yangi qonunlarni qabul qiliş, amaldagi normalarni yoki boşqa hujjatlarni qayta körib çiqiş böyiça majburiy takliflar kiritiş;

Özbekiston Respublikasi prezidentining körib çiqişi uçun respublika davlat boşqaruvi organlari va hokimlari aktlarini qayta körib çiqiş va bekor qiliş böyiça takliflar kiritiş.

Belgilanişiça: 

normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi Özbekiston Respublikasi prezidentiga faqat Xizmat tomonidan körib çiqiş uçun kiritiladi. Bunda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengaşi apparati vakolatiga taalluqli bölgan masalalar istisno sanaladi. Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi apparati tomonidan kiritiluvçi loyihalar Xizmat bilan majburiy muvofiqlaştiriladi;

hukumat qarorlarining loyihalari Xizmat bilan majburiy muvofiqlaştiruvga asosan amalga oşiriladi;

özida umummajburiy körsatmalarga ega bölgan, jumladan şaxsiy imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etişni nazarda tutuvçi hukumat va idoraviy protokol qarorlari, yozma körsatmalari qabul qilinişiga yöl qöyilmaydi;

hukumat protokoli qarorlari loyihalari imzolangandan söng Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy yuridik ekspertizadan ötkazilişi va röyxatga olinişi kerak. 

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tugatiladi, uning balansidagi mulk va boşqa moddiy boyliklar Xizmatga beriladi.