Rossiyada internet-savdo bozori 2017 yilda 13 foizga oşib, 1,04 trln rublni taşkil qildi. Bu haqda Internet-savdo kompaniyalari uyuşmasida (AKIT) ma'lum qilingan. Biroq bu natija uyuşmaning umidlarini oqlay olmadi, u bozor 25 foizga ösib, 1,15 trln rublni taşkil qilişini kutgandi.

“Biz kattaroq natija kutgandik. Ösiş 2 marta sekinlaşgan”, deb aytgan AKIT prezidenti Aleksey Fyodorov. U ösiş sekinlaşganini 2017 yilda rossiyaliklarning xarid qiliş qobiliyati 9 foizga kamaygani bilan tuşuntirgan. 

Uyuşma 2018 yilda internet-savdo bozori hajmi 1,25 trln rublga yetişini kutmoqda.

Foto:VC.ru

2017 yilda rossiyaliklar xorijiy internet-dökonlarda 374,3 mlrd rubl sarflaşgan, bu esa 2016 yilga nisbatan 24 foiz köproq bölgan. Xorijiy dökonlarga rossiyaliklarning barça onlayn-xaridlarining 36 foizi töğri kelgan.

Xorijiy xaridlarning 91 foizi Xitoyga töğri kelgan. Bu borada Yevropa Ittifoqi uluşi 3 foizni, AQŞniki 2 foizni taşkil qilgan.  

Foto:VC.ru

Rossiyaliklarning xorijiy internet-dökonlardagi aksariyat xaridlari qiymati boj tölanmaydigan summa – 22 yevrodan oşmaydi. Bunday xaridlarga tranzaksiyalarning 61,4 foizi, 22 yevrodan 55 yevrogaça buyurtmalarga 22,2 foizi, 50 yevrodan 150 yevrogaça xaridlarga 11,6 foizi töğri kelgan.

Foto:VC.ru

Ayni vaqtda dunyodagi eng yirik elektron savdo bozori Xitoy hisoblanadi. 2017 yilda Xitoyning internet-savdo bozori 32 foizga oşib, 1,15 trln dollardan köproqni taşkil qilgan. Bu borada 2-örin AQŞga tegişli, 2017 yilda uning internet-savdo bozori hajmi 455 mlrd dollarni taşkil qilgan.