Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya Boş ştabini Kiyevdagi «Espresso» telekanali binosi oldidagi teraktni taşkil etişda aybladi, uning natijasida Oliy rada deputati Igor Mosiyçuk jabrlangan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Jinoyat taşkilotçisi – şaxsi aniqlanmagan erkak kişi bölib, u Rossiya Qurolli kuçlari boş boşqarmasi vakilidir. Uşbu şaxs Rossiyadan Ukrainaga kelib, bu yerda 2017 yilning 9 sentabridan 11 sentabrigaça va 2017 yilning 10 oktabridan 15 oktabriga qadar bölgan», - deya ma'lum qildi Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari örinbosari Viktor Kononenko.

Kononenkoning şuningdek xabar berişiça, işda yana tört kişi bor, ulardan uç nafari – ukrainaliklar, ularning şaxsi aniqlangan. Ulardan ikki nafari, tergovçilar ma'lumotiga köra, terakt ijroçilari hisoblanadi hamda Rossiya hududida yaşirinmoqda. Ukrainaning yana bir fuqarosi bu iş böyiça qölga olindi va qamoqqa joylaştirildi. Barça uç nafar şaxsga gumonlanuvçi rasmiy maqomi berilgan.

Qölga olingan erkakka «insonlarning halok bölişiga olib kelgan teraktga kömak körsatiş» va «portlovçi qurilmalarni noqonuniy ravişda saqlaş hamda işlab çiqariş» ayblovi qöyilgan bölsa, boşqa ikkisi «jamoat arbobi hayotiga xavf tuğdiriş», «terrorçilik akti» va «qurolni noqonuniy saqlaş» moddasi bilan gumonlanmoqda. Tergov Rossiyaga uşbu iş böyiça şaxslarni topşiriş borasida murojaat etişni rejalaştirmoqda.

Kiyev prokurori örinbosari hujum sabablarini aytmadi, biroq «olingan ma'lumotga köra, aynan Mosiyçuk ularga kerak bölgani»ni ta'kidlab ötdi.