3 aprel kuni Jizzax viloyat hokimligining katta majlislar zalida ötkazilgan yiğilişda hokim örinbosarlari tarkibiga özgartirişlar kiritildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

«Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 21 va 25-moddalariga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan viloyat hokimining yangi örinbosarlari tayinlangan.

Xususan:

  • viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari bölib işlab kelayotgan Alişer Tursunpölatoviç Xudayberdiyev örniga Ğanişer Abdukarimoviç Mamatqulov;
  • viloyat hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida işlab kelayotgan Gulnora Mamadaliyevna Törayeva örniga Nazira Abdusattorovna Muxtorova;
  • viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Şuhrat Xöjamberdiyeviç Jörayev örniga Akrom Bahritdinoviç Rahmonqulov tayinlangan.