Buyuk Britaniyada juma kuni “şakarga soliq” kuçga kirdi. U mahsulotda şakar normasi me'yordan ortiq bölgan alkogolsiz içimliklar işlab çiqaruvçilariga möljallangan. 

Britaniya hukumati şu tariqa juda şirin içimliklarni işlab çiqarişni qisqartirmoqçi, ular birinçi navbatda bolalarda semizlikka olib keladi.

Soliq 100 millilitr suyuqlikka 5 grammdan köproq şakar bölgan alkogolsiz içimliklardan olinadi. Agarda, içimlikda 8 foizdan köp şakar bölsa, oşirilgan soliq summasi qöllaniladi. Şu bilan birga, sut miqdori köp bölgan içimliklarga soliq solinmaydi, sababi ular soğlom parhez uçun kerak. Yiğilgan mablağlar maktab yoşidagi bolalarning jismoniy faolligi va bir muvozanatda ovqatlanişini rağbatlantiriş böyiça dasturga yönaltiriladi.