AQŞ prezidenti Donald Tramp 10 aprelda Vaşingtonda Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol-Soniyni qabul qiladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Prezident AQŞ va Qatar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş yöllarini hamda xavfsizlik va iqtisodiyot sohasidagi umumiy manfaatlarimizni ilgari surişni muhokama qilişga umid qilmoqda”, deb aytilgan Oq uy xabarida.
Tramp va Qatar amirining uçraşuvi Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasining AQŞga taşrifidan bir neça kun keyin bölib ötadi.
Dunyoda neft va gaz oliş böyiça yetakçilar hisoblanadigan Qatar va Saudiya Arabistoni örtasidagi munosabatlar oxirgi oylarda yomonlaşgan. Ar-Riyod va uning ittifoqdoşlari Dohani terrorçilikni qöllab-quvvatlaşda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzgan. Avvalroq Tramp inqirozni tartibga solişda vositaçi bölişga tayyorligini ma'lum qilgandi.












