Malayziya boş vaziri Najim Razzoq mamlakatda umummilliy saylovlar ötkazilişi munosabati bilan parlament tarqatib yuborilişi haqida e'lon qildi, deb xabar bermoqda Bernama agentligi.
«Men barça fuqarolarga şuni xabar qilmoqçimanki, qirol menga audiyentsiya berdi, şu tufayli men parlamentni şanba, 7 aprel kuni tarqatib yuborişga ruxsat oldim», - deya aytib ötdi Razzoq.
Ta'kidlanişiça, Malayziyada navbatdagi parlament saylovlarining aniq sanasi hali belgilanmadi. Biroq, kuzatuvçilarning fikriça, ular aprel oxiri yoki may oyi boşida bölib ötişi mumkin.
Şu bilan birga, Malayziya qiroli Muhammad V mamlakat parlamentini tarqatib yuborişga ruxsat berdi.











