Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Solsberidagi voqea Rossiyada ötkazilgan saylov jarayonlarida jamoatçilik fikrini şakllantirişga uriniş bölgandi, degan iddaoni inkor qildi. Bu haqda elçi 6 aprel kuni ötkazilgan BMT Xavfsizlik Kengaşining navbatdagi yiğilişida ma'lum qildi.

«Skripal Rossiya uçun tahdid bildirmagan. Britaniya tomoni olib borayotgan tarğibot kampaniyasiga köra, Rossiya uni keçirmagan va xiyonati uçun qasd oldi. Nega biz prezidentlik sayloviga ikki hafta yoki futbol böyiça jahon çempionatiga sanoqli oylar qolgunga qadar uning joniga qasd qilinişiga guvoh bölmadik?», deydi rossiyalik diplomat.

Eslatib ötamiz, sobiq GRU agentining qizi Yuliya Skripal asta-sekin soğliğini tiklayotgani haqida bayonot berib, barça yaqinlariga minnatdorligini bildirgandi.