Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan "Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tizimini tubdan takomillaştiriş va taşqi siyosiy va taşqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yönalişlarini amalga oşirişda uning mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni e'lon qilindi. Şu bilan birga "Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida"gi Prezident qarori ham e'lon qilindi.
Rasmiy ma'lumotga köra, Özbekiston jahonning 133ta davlati bilan diplomatik aloqalarni örnatgan bölib, ayni paytda xorijiy davlatlarda 47ta diplomatik vakolatxonalar faoliyat körsatmoqda.
Hujjatga asosan vazirlik tarkibida Taşqi iqtisodiy hamkorlik boş boşqarmasi taşkil etilmoqda. Vazirlikning Matbuot xizmati Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasiga aylantiriladi. Konsullik boşqarmasi esa Konsullik-huquqiy boşqarmasi sifatida qayta tuzilmoqda.
Vazirlik tarkibida yangi Çet ellik vatandoşlar bilan hamkorlik
aloqalari boşqarmasi iş boşlaşi belgilandi. Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş bölimida esa "Call-center" xizmati yölga qöyiladi.
Tarkibiy özgarişlar natijasida faoliyati samarasiz deb topilgan "Jahon" AA örniga "Dunyo" axborot agentligi va media-markazi iş boşlaydi.
Bundan taşqari vazirlik tarkibida Tarjimonlar byurosi, Tahlil va prognozlaştiriş markazi tuziladi. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda vazirlikning hududiy bölimlari faoliyati yölga qöyilişi kutilmoqda.












