Virgin Galactic kompaniyasi VSS Unity yangi suborbital kosmoplanining birinçi muvaffaqiyatli parvozini amalga oşirdi. 2014 yilda boşqa bir qurilma bilan dahşatli fojia yuz bergandi. Yangi kosmoplan tovuşdan ham yuqori tezlikka çiqqan, şundan söng Moxavadagi Aviatsiya-kosmik portga muvaffaqiyatli qöndi.

Taşuvçi kosmoplanni sahro uzra 14 173 metrlik balandlikka olib çiqdi, söng qurilma ajraldi va özining reaktiv dvigatelini işga tuşirdi. VSS Unity dvigatelining işga tuşiş davomiyligi atigi 30 soniyani taşkil etgan. Bu vaqt davomida ikki pilot tomonidan boşqarilgan kosmoplan soatiga 2231 kilometr tezlikka yetdi.

«Unity reaktiv dvigateli töxtaganidan söng balandlikka çiqiş davom etdi, hamda 25 685 metrlik natijani körsatdi, keyin u asta-sekin tuşa boşladi», - deya izoh bergan Virgin Galactic kompaniyasi boş ijroçi direktori Jordj Uaytsayds.
Unity xavfsiz qönişni amalga oşirganidan söng, uning ketidan Eve samolyot-taşuvçisi ham keldi. Unity’ning reaktiv tirkamadagi parvozi SpaceShipTwo sinfi tarixidagi beşinçi va 2014 yilning 31 oktabr kuni Spaceship Enterprise qulaganidan söng birinçisiga aylandi.












