Ma'lumki, respublikada keyingi yillarda baliqçilik tarmoğini rivojlantiriş böyiça Respublika Hukumati tomonidan bir qator ijobiy işlar amalga oşirilyapti.
Hozirgi kunda respublikada baliqçi-ixtiolog, gidrobiolog, baliqçi seleksioner, servis xizmatini körsatiş, ixtiopatolog, xorij texnologiyasi asosida sovuq suvda yaşovçi baliqlarni iqlim şaroitimizga moslaştiriş, yetiştirilgan baliqçilik mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş kabi sohalarda tadbirlarini olib borişda kadrlar tayyorlaş muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat texnika universitetining rektori N.Nevalyonniy boşçiligidagi 4 kişidan iborat delegatsiya joriy yilning 4-5aprel kunlari Toşkent davlat agrar universitetiga taşrif buyurdi.

Taşrif doirasida Toşkent davlat agrar universiteti faoliyati bilan tanişildi va Özbekiston Respublikasida baliqçilik sohasini yanada rivojlantiriş uçun universitet bazasida Astraxan davlat texnika universitetining filialini oçiş böyiça kelişuvlar imzolandi.

Toşkent davlat agrar universiteti rektori tomonidan Astraxan davlat universiteti bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantiriş uçun bu filialning oçilişi ikki davlat örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşi ta'kidlab ötildi.











